Yangiliklar

Yangi smartfonni qanday toza saqlash mumkin

Smartfonni toza saqlash uchun 4 muhim vosita
Yangi smartfonni qanday toza saqlash mumkin
Yangi smartfonni qanday toza saqlash mumkin / Foto: Grustock / Shutterstock

Yangi olingan telefon qutidan chiqqan paytda juda chiroyli ko‘rinadi. To‘g‘ri tozalansa, u uzoq vaqt shunday holatda qolishi mumkin. Noto‘g‘ri tozalash esa qurilmaga zarar yetkazadi. Shuning uchun quyidagi oddiy vositalar bunda qo‘l keladi.

Birinchisi, mikrofiber yoki tuk chiqarmaydigan yumshoq mato. Kamera linzasi uchun ishlatiladigan mato juda mos keladi.

Mikrofiber / Foto: Shutterstock

Uni biroz distillangan suv bilan namlab, ekran va korpusni ehtiyotkorlik bilan artish kifoya. Telefonni suyuqlikka botirmaslik va zaryad portlariga suv tushirmaslik kerak.

Ikkinchisi, 70 foizlik izopropil spirtli salfetkalar. Ular telefonni dezinfeksiya qilish uchun qulay.

Spirtli salfetkalar / Foto: iCloth

Shuningdek, suv va spirtni teng aralashtirib, mikrofiber matoni namlash mumkin. Oqartiruvchi, qattiq ishqalovchi yoki juda kuchli kimyoviy vositalardan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Uchinchisi, paxta tayoqchalari. Ular zaryad portlari va karnay teshiklaridagi chang va tuklarni ehtiyotkorlik bilan tozalashga yordam beradi. Eng yaxshisi, quruq holda ishlatish.

Sovunli suv / Foto: ijtimoiy tarmoq

To‘rtinchisi, telefon g‘ilofi uchun idish yuvishda foydalaniladigan sovunli suv va tish cho‘tkasi. Plastik g‘ilofni sovunli suvda yuvib, yaxshilab quritish mumkin. Agar kir qattiq bo‘lsa, eski tish cho‘tkasi bilan burchaklarini yengil ishqalash yetarli bo‘ladi. G‘ilof to‘liq qurigandan keyin telefoningizga qayta taqing.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq geymerlar uchun 2025-yilning eng uzoq quvvat saqlovchi smartfonlari haqida ma’lumot berilgandi.