Yangiliklar

2026-yil «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» etib belgilandi

O‘zbekiston eksporti sezilarli darajada oshgan
Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda 2026-yil «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» etib nomlandi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida ma’lum qilindi.

Shuningdek, davlat rahbari O‘zbekiston eksporti sezilarli darajada oshganini ta’kidladi. Joriy davrda eksport hajmi 23 foizga ko‘payib, $33,4 mlrdni tashkil etdi. Oltinni hisobga olmaganda, eksport $23,5 mlrd darajasida bo‘ldi.

Eng muhim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan oltin-valyuta zaxiralari ilk bor $60 mlrddan oshdi. Yil boshida bu ko‘rsatkich $40,5 mlrd edi. Bu natija olib borilayotgan islohotlar uchun mustahkam moliyaviy poydevor yaratilganini ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 2026-yilga budjet tasdiqlangani haqida yozgan edi.