2026-yilda suvni tejaydigan texnologiyalar uchun 3,3 trln so‘m ajratiladi

eʼlon qilindi
$160 mlnlik dastur asosida Toshkentda yopiq drenaj tizimi barpo etiladi
2026-yilda suvni tejaydigan texnologiyalar uchun 3,3 trln so‘m ajratiladi
2026-yilda suvni tejaydigan texnologiyalar uchun 3,3 trln so‘m ajratiladi / Foto: PTC Watertech

2026-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish uchun jami 3,3 trln so‘m ajratiladi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida dunyoda suv tanqisligi tobora kuchayib borayotganini, O‘zbekistonda suvdan oqilona foydalanish esa davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini qayd etdi.

Unga ko‘ra, 1,3 ming km yirik magistral kanallar beton bilan qoplanadi. Bu yiliga qo‘shimcha 500 mln kub metr suvni tejash imkonini beradi.

Shuningdek, joylardagi ochiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi. Kanallarni yopiq tizimga o‘tkazish doirasida yirik loyihalar amalga oshiriladi.

Poytaxt, viloyat markazlari va shaharlarda «yashil» hududlarni kengaytirish uchun sug‘orish va drenaj tizimlarini tiklash muhimligi ta’kidlandi. Shu maqsadda $160 mlnlik dastur asosida Toshkent shahrida 150 km yopiq drenaj tizimi barpo etiladi, 197 km kanal va kollektorlar ta’mirlanadi hamda 63 km yangi kanallar qurilib, shaharda salqin mikroiqlim yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyevga suv xo‘jaligida energiya samaradorligini oshirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash ishlari yuzasidan hisobot taqdim etilgandi. Hisobotda eskirgan va energiya sarfi yuqori nasos agregatlarini zamonaviy, energiya tejamkorlariga almashtirish rejalari ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek