2026-yilga budjet tasdiqlandi: qaysi sohalarga eng ko‘p pul ajratiladi

eʼlon qilindi
Prezident qonunni imzoladi
2026-yilda davlat budjeti qaysi sohalarga ko‘proq yo‘naltiriladi
2026-yilga budjet tasdiqlandi: qaysi sohalarga ko‘p pul ajratiladi / Foto: depositphotos

Prezident 2026-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat 2026-yil uchun konsolidatsiyalashgan budjetni shakllantirish va ijro etish tartibini belgilaydi.

Qonunga ko‘ra, respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar faqat 2026-moliya yili davomida ishlatiladi va keyingi yilga o‘tkazilmaydi.

2026-yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:

  • mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari;
  • tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari;
  • chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari.

Shuningdek, 2026-yilda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulotning 3 foizi etib belgilandi. Mazkur Qonun 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Davlat budjetining qaysi sohalarga qancha ajratilishi haqida batafsil «Downloads» havolasi orqali tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning davlat qarzi $44 mlrdga yaqinlashgani haqida xabar berilgandi. Davlat qarzining 84 foizini tashqi qarz egallaydi. Joriy yilning to‘qqiz oyi davomida uning hajmi $2,99 mlrdga oshib, $36,72 mlrdga yetgan. Ichki qarz esa $760 mlnlik o‘sish bilan $7,25 mlrd bo‘lgan.

Shuningdek