
Kun muzokaralar, hamkorlik shartlarini muhokama qilish, sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun qulay bo‘ladi. Ham ishbilarmonlik, ham do‘stlik, ham ishqiy munosabatlar boshlanishi mumkin. Yulduzlar ular uyg‘un bo‘lishiga va’da bermoqda, ammo voqealarni shoshiltirmaslik tavsiya etiladi. Quyida 26-dekabr, juma kuni uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz.
Qo‘y (21.03 – 20.04)

Kunning boshlanishi, ayniqsa, yordam va qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘lganda yordam olishga odatlanganlar uchun oson bo‘lmasligi mumkin. Hozir o‘z kuchimizga ishonganimiz ma’qul. Muammolarni hal qilishning odatiy usullari samarasiz bo‘lishi mumkin, shuning uchun tajriba o‘tkazishga va yangi narsalarni o‘ylab topishga, ilgari g‘ayrioddiy yoki xavfli tuyulgan narsalarni sinab ko‘rishga tayyor bo‘ling.
Kunning ikkinchi yarmi butunlay boshqacha bo‘ladi. Bu vaqtda yoningizda yordam berishga va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishga tayyor bo‘lgan odamlar paydo bo‘ladi. Ularning maslahati juda foydali bo‘ladi, shuningdek, yoningizda ishonsa bo‘ladigan odamlar borligini bilish sizga ham yoqimli bo‘ladi. Kun ancha tig‘iz bo‘ladi, sevgan insoningizga o‘zingiz istaganchalik e’tibor bera olmasligingiz ham ehtimoldan xoli emas. Ammo kechqurun, albatta, o‘zingiz uchun qadrli bo‘lgan insonlar bilan suhbatlashish uchun vaqt toping.
Buzoq (21.04 – 20.05)

Xotirjamlikni saqlasangiz va muhim qarorlar qabul qilishda shoshilmasangiz, ko‘plab keskin vaziyatlardan qochishingiz, jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymasligingiz mumkin. Hamkasblar va rahbariyat bilan munosabatlar oson bo‘lmasligi mumkin, kelishmovchiliklar va tushunmovchiliklar yuzaga kelishi ehtimoli yuqori. Bunday vaziyatlarda ham xafa bo‘lish kerak emas, katta ehtimol bilan, tez orada hammasi yaxshi bo‘lib ketadi.
Qisqa muddatli tanishlaringizga ishonishga shoshilmang. Bunday odamlar bilan uzoq muddatli hamkorlik haqida kelishib olishdan oldin barcha shartlarni yaxshilab o‘rganganingizga ishonch hosil qiling. Ertalab sermazmun bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmi esa yoqimli uchrashuvlar va siz uchun haqiqatan ham qadrli bo‘lgan insonlar bilan vaqt o‘tkazish imkoniyatini taqdim etadi. Agar so‘nggi paytlarda oilada muammolar yuzaga kelgan bo‘lsa, bugun hammasini to‘g‘rilash imkoniyati paydo bo‘ladi.
Egizaklar (21.05 – 21.06)

Bugun uzoq vaqt davomida uddalay olmagan ishni uddalash, ko‘p kuch sarflagan ishni muvaffaqiyatli yakunlash imkoniyati bo‘ladi. Biznes sohasida muammolar yuzaga kelishi mumkin, ammo siz ularni hal qilish yo‘lini topasiz. Tanlagan yo‘lingizdan qaytmang va o‘z kuchingizga ishoning. Maqsad sari ishonch bilan harakat qilishingiz ko‘pchilikda yaxshi taassurot qoldiradi. Sizga foydali shartlarda hamkorlik taklif qilishlari ehtimoldan xoli emas.
Kun norasmiy muloqot uchun qulay bo‘ladi. Yangi tanishlar bilan til topishishingiz oson bo‘ladi. Tasodifiy uchrashuv va erkin suhbat tez orada siz uchun muhim bo‘lgan do‘stona yoki ishqiy munosabatlarni boshlashi mumkin. Oila a’zolari bilan munosabatlar yaxshi bo‘ladi, ba’zi maishiy yoki moliyaviy masalalar tufayli janjallashishni istamaysiz.
Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)

Hamma narsa reja bo‘yicha ketmaydi, lekin bu borada tashvishlanishga hojat yo‘q. Agar siz ustuvorliklarni to‘g‘ri belgilasangiz, bu kun ochadigan barcha imkoniyatlardan qanday foydalanish kerakligini tushunasiz.
Ish bilan bog‘liq muammolar, zudlik bilan hal qilinishi kerak bo‘lgan murakkab vazifalar ham bo‘lishi mumkin. Ba’zida vaziyatlar sizning foydangizga hal bo‘lmaydi va odatiy vazifalarni hal etish odatdagidan qiyinroq bo‘lishi mumkin. Sabrli bo‘ling va maqsad sari juda sekin harakat qilayotganingiz uchun o‘zingizni ayblamang.
Ijobiy tendensiyalarning ta’siri shaxsiy munosabatlarda ustunlik qiladi. Kecha qiziqarli odamlar davrasida maroqli vaqt o‘tkazish imkoniyatini taqdim etadi. Agar ziyofatga yoki ko‘p kishilik yig‘ilishga taklifnoma olsangiz, albatta rozi bo‘ling. Muloqot quvonch keltiradi va ishdagi qiyinchiliklarni unutishga yordam beradi.
Arslon (23.07 – 22.08)

Agar so‘nggi paytlarda biror muhim ishga e’tibor qaratib, bor kuchingizni sarflagan bo‘lsangiz, bugun mehnatingizning ilk mevalarini ko‘rishingiz mumkin. Shuningdek, munosib mukofotlar, ilgari bajarilgan ishlar uchun to‘lovlar olish ehtimoli ham mavjud. Bu kun yangi ishga kirishishdan ko‘ra, eski loyihalarni yakunlash uchun ko‘proq mos keladi.
Ishda asosan o‘z kuchingizga ishonganingiz ma’qul, chunki yordam o‘z vaqtida kelishi dargumon. Ammo bor kuch-g‘ayratingizni ishga solsangiz, kutilgan natijaga erishishingiz aniq. Ayniqsa, oilaviy ishlarga ko‘proq e’tibor berish kerak bo‘ladi. Kun og‘ir tuyulishi mumkin, lekin umuman olganda, u qanday bo‘lsa, shundayligidan mamnun bo‘lasiz. Belgining ko‘plab vakillari jiddiy vazifalarni uddalay olishlariga yana bir bor ishonch hosil qilishadi va bu ularga ishonch bag‘ishlaydi.
Parizod (23.08 – 23.09)

Parizod vakillari noaniq kunni kutmoqda, ammo hayotiy tajriba va donolik ularga barcha qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Rahbarlar va katta jamoalarda ishlaydiganlarga oson bo‘lmaydi. Sizni ishbilarmonlik munosabatlari bilan bog‘laydigan odamlar kutilmagan va o‘ylanmagan xatti-harakatlar qilishi, xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin, boshqalarning xatolari oqibatlari bilan esa siz kurashishingiz kerak bo‘ladi. Bunga xotirjam munosabatda bo‘lishga harakat qiling, iloji boricha nizoli vaziyatlardan qoching.
Kun davomida olingan har qanday ma’lumotni, hatto u ishonchli manbadan olingandek tuyulsa ham, sinchkovlik bilan tekshirish kerak. Afsuski, bugun siz ishonib o‘rgangan odamlar ham adashishi mumkin. Shaxsiy munosabatlarda tashabbus ko‘rsatish, yaqinlarga qiziqarli narsalarni taklif qilish, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish foydali bo‘ladi. Bularning barchasi atmosferani iliqroq qiladi, hamma o‘zini yaxshi his qiladi.
Tarozi (24.09 – 23.10)

Kun notinch bo‘ladi. Ushbu burj vakillari ichki hayajon, ishonchsizlik, shubhalar tufayli ishlarga e’tiborini qaratishi qiyin bo‘ladi. Biroq, agar his-tuyg‘ularingizni boshqara olsangiz, hammasi yaxshi ketayotganini ko‘rasiz va ko‘plab ishlarda sezilarli yutuqlarga erishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bu muhim qarorlar qabul qilish uchun eng yaxshi kun emas. Ustuvorliklarni to‘g‘ri belgilash, kimga ishonish kerakligini hal qilish siz uchun qiyin bo‘lishi mumkin. Illyuziyalarga berilmaslik va istakni haqiqat deb qabul qilmaslik muhim.
Yaqinlar bilan ozgina kelishmovchiliklar, oilaviy nizolar bo‘lishi mumkin. Keksa qarindoshlar bilan til topishish odatdagidan ko‘ra qiyinroq bo‘ladi. Ehtimol, ular uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan muammolarni eslatadi va ularni hal qilish bilan aynan siz shug‘ullanishingiz kerak bo‘ladi. Qo‘lingizdan kelganini qiling, qo‘lingizdan kelmaydiganini talab qilmang. Xotirjamlikni saqlab, aql bilan ish tutsangiz, vaziyat albatta ijobiy tomonga o‘zgaradi.
Chayon (24.10 – 22.11)

Kun qiziqarli voqealarni olib keladi va hayajonlarsiz o‘tishi dargumon. Ammo ustuvorliklarni to‘g‘ri belgilasangiz, jiddiy muammolardan qochishingiz mumkin. Bugungi kunning asosiy qoidasi – ish va shaxsiy hayotni aniq ajratish.
Bugun ishda sabrli va xushmuomala bo‘lishingiz kerak. Hamkasblar har doim ham sizni to‘g‘ri tushunmasligi, xatolarga yo‘l qo‘yishi, qiyin vaziyatga tushib qolishingizga sabab bo‘ladigan narsalarni gapirishi yoki qilishi mumkin.
Pul tushumlari, shu jumladan kutilmagan manbalardan tushishi mumkin. Ba’zilar moliyaviy masalalarni muvaffaqiyatli hal qiladi, tez orada foyda keltiradigan bitimlar tuzadi. Qimmatbaho sovg‘alar ham bo‘lishi mumkin.
Ishingiz ancha ko‘p bo‘lsa-da, yaqinlaringiz bilan muloqot qilish uchun ham vaqtingiz qoladi. Kecha siz uchun qadrli bo‘lgan insonlarni xursand qilish imkoniyatini taqdim etadi. Yaqinlaringizga o‘z sevgingiz va minnatdorchiligingizni bildirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang – ular buni, albatta, qadrlashadi.
O‘qotar (23.11 – 21.12)

Kun professional o‘sish uchun imkoniyatlar ochadi, eng qat’iyatli va g‘ayratlilarga biznesda o‘z mavqelarini mustahkamlash imkonini beradi. Biroq muvaffaqiyatga erishish uchun vazifalarni mustaqil ravishda uddalay olish qobiliyati talab etiladi. Murakkab ish vazifalarini a’lo darajada uddalaysiz, haqiqatan ham muhim bo‘lgan narsalarga e’tibor qarata olasiz va ajoyib natijalarga erishasiz.
Ertalab hamkasblar va yaqinlar bilan muloqot qilish oson kechmasligi mumkin. Siz har qanday tanbehga keskin munosabatda bo‘lasiz va tanqiddan xafa bo‘lasiz, hatto unda foydali ma’no bo‘lsa ham. Hamma narsani yurakka yaqin olmaslikka harakat qiling, ehtimol, odamlar yordam berishni xohlashar, shunchaki eng to‘g‘ri bo‘lmagan so‘zlarni tanlashar. Muhim uchrashuvlar va jiddiy suhbatlarni oqshomga rejalashtirgan ma’qul, o‘shanda muhit qulayroq bo‘ladi, siz esa o‘zingizni ancha xotirjam va ishonchli his qilasiz.
Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)

Yaxshi kayfiyat va hazil tuyg‘usi bugungi kunda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Bundan tashqari, murosaga kelish va yon berish qobiliyati sizga qo‘l keladi.
Mayda kelishmovchiliklarga yengil munosabatda bo‘lish, agar biror narsa noto‘g‘ri ketsa, tushunmovchilik yuzaga kelsa yoki boshqalarning ishini yakunlash yoki boshqalar yo‘l qo‘ygan xatolarni tuzatishga to‘g‘ri kelsa, hamkasblar bilan munosabatlarni buzmaslikka yordam beradi.
Maishiy masalalarni hal qilishda muammolar yuzaga kelmaydi. Bu kun uyni tartibga keltirish, qandaydir kichik ta’mirlash ishlarini bajarish yoki yaqinlashib kelayotgan oilaviy sayohatga tayyorgarlik ko‘rish uchun qulay. Hammasi oson va tez bo‘ladi, kundalik ishlar sizga zerikarli tuyulmaydi va agar kerak bo‘lsa, yaqinlaringiz yordam beradi.
Qovg‘a (21.01 – 18.02)

Agar birovning gapini yuragingizga yaqin olmasangiz, ruhiy muvozanatni saqlasangiz, mayda-chuyda narsalar kayfiyatingizni buzishiga yo‘l qo‘ymasangiz, kuningiz xotirjam o‘tadi.
Ish uchun bu kun yomon bo‘lmaydi. Biroq, siz ko‘plab so‘ralmagan maslahatlar va tanqidiy fikrlarni tinglashingizga to‘g‘ri keladi, hamkasblar sizning ishlaringizga aralashib, vazifalarni o‘z vaqtida hal qilishga xalaqit berishi mumkin. Sodir bo‘layotgan voqealarga yaxshi nuqtai nazardan yondashishga harakat qiling.
Yaqinlar bilan munosabatlarda yaxshi tomonga o‘zgarishlar, muloqotda yoqimli lahzalar bo‘lishi mumkin. Sevimli insoningiz sizni kutilmagan sovg‘a bilan xursand qilishi yoki noodatiy uchrashuv uyushtirishi mumkin. Vaziyatni o‘zgartirish imkoniyati tug‘ilsa, undan albatta foydalaning.
Baliq (19.02 – 20.03)

Ishda kelishmovchilik va tortishuvlardan qochish qiyin bo‘ladi. Ammo atrofingizdagilar bilan til topishishga, hatto fikringizga qo‘shilmaganlarni ham diqqat bilan tinglashga harakat qilasiz. O‘zingizni tuta bilish va murakkab suhbatlarni konstruktiv tarzda olib borish qobiliyati jiddiy muammolardan qochishga yordam beradi.
Agar sharoit imkon bersa, ixtirochilik, fantaziya, ijodiy yondashuvni talab qiladigan vazifalarni hal qilishga e’tibor qaratish kerak. Bunday ishlarni hech kim sizdan yaxshiroq uddalay olmaydi. Tartiblilik, diqqatni jamlash va ijrochilik zarur bo‘lgan joyda esa qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
Moliyaviy masalalarni hal qilishga jiddiy yondashasiz va bu ortiqcha xarajatlar, muvaffaqiyatsiz xaridlar, shubhali bitimlarning oldini oladi. Yaqinlar bilan muloqot qilish, ayniqsa, kunning ikkinchi yarmida yoqimli bo‘ladi.