
29-dekabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 21,15 so‘mga pasayib, 12 057,32 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyutasi birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
1-dekabr kuni valyuta kursi 11 940,95 so‘m etib belgilandi va oldingi kunga nisbatan 38,65 so‘mga oshdi. 2-dekabrda vaziyat o‘zgardi. Dollar 11 895,57 so‘mga tushib, kunlik hisobda 45,38 so‘m pasaydi. 3-dekabr kuni kurs pasayishda davom etdi va 11 880,93 so‘mni tashkil qildi. Bu kunda dollar yana 14,64 so‘mga arzonlashdi.
4-dekabrda bozor yo‘nalishini o‘zgartirdi. AQSh valyutasi yana mustahkamlanib, 11 912,38 so‘mga chiqdi. Kunlik o‘sish 31,45 so‘m bo‘ldi. 5-dekabr kuni esa haftadagi eng katta ko‘tarilish qayd etildi. Dollar 50,85 so‘mga oshib, 11 963,23 so‘m darajasiga yetdi.
9-dekabr kuni dollar 11 990,09 so‘m (+26,86 so‘m), 10-dekabrda esa 12 003,18 so‘m (+13,09 so‘m) edi. 11-dekabr uchun AQSh valyutasi 12 020,90 so‘m (+17,72 so‘m), 12-dekabr uchun 12 047,45 so‘m (+26,55 so‘m), 15-dekabr uchun esa 12 097,93 so‘m (+50,48 so‘m) etib belgilandi.

16-dekabrda 12 130,01 so‘m (+32,08 so‘m), 17-dekabrda 12 105,56 so‘mga (-24,45so‘m), 18-dekabr kuni esa 12 059,78 so‘mga (-45,78 so‘m) tenglashdi. 19-dekabrda dollar 12 021,61 so‘mni (-38,17 so‘m), 22-dekabrda 11 996,14 so‘mni (-25,47 so‘m), 23-dekabrda 12 010,43 so‘mni (+14,29 so‘m), 24-dekabrda esa 12 052,33 so‘mni (+41,9 so‘m) tashkil etgan. 25-dekabrda dollar 12 067,60 so‘m (+15,27 so‘m), 26-dekabrda esa 12 078,47 so‘m (+10,87 so‘m) etib belgilangan edi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 41,81 so‘mga tushib, 14 192,67, so‘mni, rubl 0,07 so‘mga pasayib, 155,16 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq hafta davomida dollar qanchaga pasaygani haqida yozgan edik