5 daqiqada uyg‘onish: tongni tetik boshlashning oddiy usullari

26-dekabr 2025 01:25 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: depositphotos.com

Ertalab o‘z vaqtida, yaxshi kayfiyatda va tetik uyg‘onish — unumli kunning muhim asosi. «Ertalab sehrlari» (Magiya utra dlya vlyublennix) kitobidan olingan tavsiyalar hatto o‘zini koala deb biladiganlarga ham uyg‘onishni osonlashtirishi mumkin.

1-daqiqa: rejani bir kun oldin belgilang

Uxlashdan oldin ertangi kun haqida ijobiy fikrlar shakllantiring. Yoqimli kutishlar bilan uxlagan odam ertalab ham yengil uyg‘onadi. Aksincha, murakkab kun haqidagi o‘ylar ertalab loqaydlikni kuchaytiradi.

2-daqiqa: budilnikni yotoqdan uzoqroq qo‘ying

Budilnikni o‘rindan uzoqroq joyga qo‘yish majburiy harakatni yuzaga keltiradi. Turib borish tanani uyg‘otadi va qayta uxlab qolish ehtimolini kamaytiradi.

3-daqiqa: tishlarni tozalang

Uyg‘ongach darhol tanish va oddiy harakat tish yuvish organizmni avtopilot rejimida uyg‘otadi. Og‘izdagi tozalık hissi keyingi qadamga tayyorlaydi.

4-daqiqa: bir stakan suv iching

6–8 soatlik uyqudan so‘ng organizm suvsizlanadi. Suv ichish kuch bag‘ishlaydi va holsizlikni kamaytiradi. Ko‘pincha charchoqning sababi uyqusizlik emas, suvsizlik bo‘ladi.

5-daqiqa: kiyining yoki dush qabul qiling

Sport kiyimida yengil mashq yoki yugurish, yoxud tetiklantiruvchi dush — ikkalasi ham tanani va ongni ish kuniga tayyorlaydi.

Ushbu besh qadam ertalabni tezda «ishga tushiradi». To‘g‘ri kayfiyat bilan boshlangan tong kun davomida yengillik va yoqimli holatni saqlashni osonlashtiradi.

Shuningdek