Andijon shahridagi avtobuslarda naqd pul to‘lovlari bekor qilinadi
eʼlon qilindi
Elektron to‘lovlarda yo‘l haqi 2100 so‘mni tashkil qiladi

2026-yil 1-yanvardan boshlab, Andijon shahridagi avtobuslarda naqd pul orqali yo‘l haqi to‘lash amaliyoti to‘xtatiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yo‘lovchilar yo‘l haqi to‘lovini elektron tizimlar orqali amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Elektron to‘lovlar orqali bir yo‘l uchun yo‘l haqi 2100 so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, naqd pul orqali to‘lovni amalga oshirish istagida bo‘lgan yo‘lovchilar uchun, bevosita bekatlar va ularga yaqin hududlarda o‘rnatilgan Paynet, MultiPay yoki Oson infokiosklaridan 3000 so‘m evaziga bir martalik QR-chipta xarid qilish imkoniyati mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq naqd pulga chiptani qanday olish mumkinligi haqida fotoqo‘llanma tayyorlagan edik.