Aqlli shassi bo‘yicha eng yaxshi elektromobillar aniqlandi

26-dekabr 2025 09:44 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Aqlli shassi bo‘yicha etalon elektromobillar aniqlandi
Foto: CarNewsChina

Xitoyda aqlli shassi bo‘yicha etalon elektromobillar aniqlandi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

China Automotive Engineering Research Institute (CAERI) o‘tkazgan real sharoitdagi sinovlar natijasiga ko‘ra, uchta elektromobil aqlli shassi texnologiyalari bo‘yicha yetakchi deb topildi. Tadqiqot avtomobillarning faol osma, steer-by-wire va brake-by-wire kabi yechimlari samaradorligini baholashga qaratildi.

Baholash jarayonida Xitoy bozoridagi o‘nlab ommaviy modellar 20 dan ortiq ko‘rsatkich bo‘yicha solishtirildi. Asosiy mezonlar orasida maksimal burilish tezligi va rulni keskin to‘g‘rilash burchagi kabi parametrlar bo‘ldi.

Foto: CarNewsChina

CAERI’ning aqlli shassi yo‘nalishi bo‘yicha katta eksperti Yu Yinghongning aytishicha, zamonaviy aqlli shassi tizimlari tormozlash vaqtida avtomobil holatini real vaqt rejimida aniqlaydi. Shassi oldindan moslashtirilib, tebranishlar kamayadi va sekinlashish jarayoni silliqlashadi. Notekis yo‘llarda esa datchiklar sirpanishni oldindan aniqlab, avtomobilning yo‘nalishdan chiqib ketishini bartaraf etadi.

Raqamlarga ko‘ra, 2019-yilda Xitoyda aqlli shassi bozori hajmi $1,5 mlrd bo‘lgan. Prognozlarga ko‘ra, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich $14,2 mlrddan oshadi. Ayni paytda sohada yagona tasnif va baholash standarti to‘liq shakllanmagan.

Foto: CarNewsChina

Shu bilan birga, 2024-yildan buyon Xitoy bozorida 70 dan ortiq ommaviy model aqlli shassi yechimlari bilan taqdim etildi. Ular orasida Nio’ning SkyRide, BYD’ning DiSus, Huawei’ning Tuling, Xpeng’ning Taiji AI va Changan’ning Tianzhu tizimlari bor.

Hisobotda aqlli shassi texnologiyalarini rivojlantirish uchun sakkizta asosiy standart taklif etildi. Ular 18 ta sinov ssenariysini qamrab oladi, jumladan, shinalar yorilishi, keskin burilishlar va past tezlikdagi maxsus manevrlar alohida baholanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan elektromobillar tarixi va ularning rivojlanish bosqichlari haqida yozgan edi.

Shuningdek