
«O‘zgidromet» 26–28-dekabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 27-dekabr, shanba kuni faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasining ayrim joylarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Respublikaning boshqa hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
28-dekabr, yakshanba kuni esa Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomgʻir yogʻadi. Togʻli hududlarda yomgʻir va qor aralash yogʻishi mumkin. Qolgan hududlarda esa ob-havo asosan yogʻingarchiliksiz boʻladi.
Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin koʻtariladi. Shanba kuni kunduzi 7–12 daraja iliq, yakshanba kuni esa 10–13 daraja iliqqacha yetadi. Kechalari harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha boʻladi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin.
Toshkent shahrida shanba kuni yogʻingarchilik kutilmaydi, kechasi 0–2 daraja iliq, kunduzi 7–9 daraja iliq boʻladi. Yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi, harorat kechasi 2–4 daraja, kunduzi esa 10–12 daraja iliq boʻladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qish mavsumida sayohat qilish tavsiya etiladigan mamlakatlar haqida ma’lumot berilgandi.