
Xitoyning Deepal Auto kompaniyasi $945 mln sarmoya jalb qildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Chongqing Yufu kompaniyasi 2,5 mlrd yuan ($350 mln) sarmoya kiritib, 12,09 foiz ulush bilan Deepal’ning ikkinchi yirik aksiyadoriga aylandi. Shuningdek, CMB Financial Asset Investment 500 mln yuan ($70 mln) kiritib, 2,42 foiz ulush oldi.
Avvalroq Changan Automobile nomoddiy aktivlar va naqd mablag‘lar orqali 3,122 mlrd yuan yoki $437 mlngacha sarmoya kiritishini bildirgan edi. Kompaniya nazorat paketini 50,99 foiz darajasida saqlab qoldi.

Kompaniya mablag‘larni yangi avtomobillarni tadqiq etish va ishlab chiqish, aqlli va elektr texnologiyalarni rivojlantirish hamda global brendni kuchaytirishga yo‘naltiradi. Deepal 2026-yilda taqdim etilishi rejalashtirilgan ikkinchi avlod mahsulotlari ustida ish boshlagan. 2030-yilgacha jami 30 ta yangi model chiqarish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Rossiyada 2026-yildan yangi Changan Uni-S avtomobili ishlab chiqarila boshlanishi haqida yozgan edi.