Ertalabki nonushta: malinali «skon» pechenyelar

26-dekabr 2025 01:08 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Pinterest

Tayyorlanishi oson, ta’mi esa bir vaqtning o‘zida pechenye, keks va sutli korjikni eslatadigan malinali «skon» – tashqi tomondan qarsildoq, ichi esa yumshoq bo‘lgan pishiriq. U ertalabki choy yoki qahva uchun ayni muddao bo‘lib, yangi yoki muzlatilgan malina bilan yanada xushbo‘y va yoqimli ta’mga ega bo‘ladi.

Masalliqlar

MasalliqMiqdori
Un360 gramm
Shakar60 gramm
Qabartma (razrixlitel)1 osh qoshiq
Vanilin1 choy qoshiq
Tuz1 choy qoshiq
Muzdek sariyog‘170 gramm
Sut180 ml
Malina100 gramm
Shakar upasi120 gramm
Limon sharbati2 osh qoshiq
Sut (glazur uchun)3 osh qoshiq
Sut (ustiga surtish uchun)2 osh qoshiq
Shakar (ustiga sepish uchun)2 osh qoshiq

Tayyorlash usuli

1-bosqich

Idishga elangan un, mayda bo‘laklarga kesilgan muzdek sariyog‘, shakar, tuz, vanilin va qabartma solinadi. Barcha masalliqlar qo‘l bilan mayda kroshka holiga kelguncha uqalanadi.

2-bosqich

Hosil bo‘lgan kroshkaga sut qo‘shilib, xamir qo‘lda aralashtiriladi.

3-bosqich

Xamirga yangi yoki muzlatilgan malina qo‘shilib, tez harakatlar bilan qoriladi.

4-bosqich

Pergament qog‘ozi biroz unlanadi. Xamir ustiga qo‘yilib, qo‘l bilan 1,5-2 sm qalinlikda yoyiladi.

5-bosqich

Xamir pichoq yordamida 6 bo‘lakka bo‘linib, orasida masofa qoldirilgan holda joylashtiriladi.

6-bosqich

Pergament bilan birga patnisga olinadi. Har bir skonnning ustiga sut surtilib, shakar sepiladi. 190°C darajagacha qizdirilgan pechda 25–30 daqiqa davomida qizarguncha pishiriladi.

7-bosqich

Glazur uchun shakar upasi, limon sharbati va sut idishda aralashtiriladi. Zarurat bo‘lsa, yana 1 choy qoshiqdan sut yoki limon sharbati qo‘shiladi.

8-bosqich

Pishgan skonlar panjaraga olinib sovitiladi. Iliq holida har birining ustiga 1 choy qoshiq glazur quyiladi va taxminan 30 daqiqa davomida glazur qotguncha qoldiriladi.

Yoqimli ishtaha!

Shuningdek