Jinoyatchini ozodlikka chiqargan sudlov hay’ati sudyalari ishdan bo‘shatildi

eʼlon qilindi
Uning o‘rniga Andijon viloyati sudi raisi ushbu lavozimni egalladi
Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalar direksiyalari sud da’volarida davlat bojidan ozod qilindi
Uzoq muddatga qamalgan jinoyatchini ozodlikka chiqargan sudlov hay’ati sudyalari ishdan bo‘shatildi / Foto: ijtimoiy tarmoq

8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan Akmal Shukurovni ozodlikka chiqarish qarori bilan keng jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lgan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari ishdan olindi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi ma’lum qildi.

Prezidentning 2025-yil 25-dekabrdagi farmoyishlariga muvofiq, Mirzajonov Murodjon Kodirovich o‘z arizasiga binoan va odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi sababli sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan va Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etilgan.

G‘aniev Farhodjon Boqijonovich sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davri bilan, shundan besh yil muddatga Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan Andijon viloyati sudi raisi lavozimidan ozod qilindi.

Ababakirov Murodjon Abduqohorovich sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davri bilan, shundan besh yil muddatga Andijon viloyati sudi raisi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi.

2025-yil 24-oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani sudi Shukurovga firibgarlik, bezorilik va qasddan badanga og‘ir shikast yetkazgani uchun 8 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan edi.

Keyinchalik, 9-dekabr kuni Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasi uni sud zalidan ozod qilib, jazoni ozodlikni cheklashga o‘zgartirdi. Taftish instansiyasi esa bu qarorni bekor qilib, Shukurovga 5 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Ma’lumot uchun, Shukurov 2025-yil 16-mart kuni Toshkent shahridagi «The Tower» mehmonxonasi yonida ayolni himoya qilmoqchi bo‘lgan fuqaroga musht tushirib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada 35 yoshli fuqaro bosh miya jarohati, o‘ng yuzidan lunji yirtilgan jarohat va spirtdan zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yaqinlari uning tezkor ravishda 5 soatlik miya trepanatsiyasi operatsiyasidan o‘tganini va keyinchalik sun’iy komaga tushirilganini ma’lum qilgan. Akmal Shukurov voqea joyidan qochib, bir muddat yashirinib yurgan, ammo keyin Qozog‘istonda qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda Hakamlik sudi sudyasi qo‘lga olingani edi.

Shuningdek