Kaliforniyadagi toshqinlar oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Shtatning janubiy hududlarida 100 mingga yaqin aholi elektr ta’minotisiz qoldi
Foto: Damian Nikodem / Reuters

AQShning Kaliforniya shtatida kuzatilgan kuchli yomg‘irlar va suv toshqinlari uch kishining umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Halok bo‘lganlar orasida San-Diyegoda daraxt qulashi oqibatida jon bergan erkak, Redding shahrida suv toshqini tufayli cho‘kib ketgan 74 yoshli fuqaro va Mendosino okrugida to‘lqin oqizib ketgan 70 yoshli ayol bor.

Los-Anjeles okrugining ayrim hududlarida yog‘ingarchilik miqdori 27 santimetrga yetgan. Asosiy avtomobil yo‘llari yopilib, aholini evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Qutqaruvchilar suv sathining ko‘tarilishi sababli mashinalarda qolib ketgan odamlarni qutqarish bo‘yicha bir necha operatsiyalarni amalga oshirdi.

25-dekabr oqshomiga kelib, shtatda 100 mingga yaqin iste’molchi elektrsiz qolgan. Dekabr oyining boshida AQShning shimoli-g‘arbiy qismida, xususan, Vashington, Aydaho va Oregon shtatlarida ham kuchli bo‘ron kuzatilgan edi. Tinimsiz yomg‘irlar daryolarning o‘zanidan chiqishiga va aholi punktlarining suv ostida qolishiga olib kelgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nepalda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 44 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek