Yangiliklar

Mahalliy yo‘nalishlardagi poyezd chiptalariga 10% chegirma e’lon qilindi

Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida
«Toshkent – Qozon – Toshkent» yo‘nalishidagi chiptalarga chegirma e’lon qilindi
Mahalliy yo‘nalishlardagi poyezd chiptalariga 10% chegirma e’lon qilindi / Foto: Transport vazirligi

2025-yil 29-dekabrdan 2026-yil 5-yanvargacha mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari chiptalariga 10 foizlik chegirma joriy etiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» matbuot xizmati ma’lum qildi.

Chegirma guruhiy sayohat qiluvchi fuqarolar, shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, davlat budjet korxonalari va sayyohlik agentliklari tomonidan taqdim etilgan buyurtmalarga (to‘rt va undan ortiq kishilik guruhlar) nisbatan qo‘llanadi va 10 foizni tashkil etadi. Buyurtmalarda yuridik shaxs nomi, o‘rinlar soni, yo‘lovchi poyezd raqami, jo‘nash sanasi va temir yo‘l stansiyalari ko‘rsatiladi. To‘lovlar korporativ bank kartalari yoki to‘lov topshiriqlari orqali amalga oshiriladi.

Chiptalar faqat rasmiy agentliklar orqali rasmiylashtiriladi, elektron chiptalarda chegirma qo‘llanilmaydi. «Afrosiyob» va tezyurar poyezdlarning M-Lyuks vagonlari bundan mustasno. Barcha agentliklar yuqorida ko‘rsatilgan muddatdagi buyurtmalarga, asosan, «СП-10» belgisi qo‘llanilishini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma berilishi haqida xabar bergan edik.