Gadjetlar

Oppo K15 Turbo modeli qanday texnik xususiyatlarga ega bo‘ladi

Qurilma faol sovitish tizimi bilan jihozlanadi
Oppo K15 Turbo modeli qanday texnik xususiyatlarga ega bo‘ladi / Foto: GSM Arena

Oppo kompaniyasi smartfon bozorida kuchli texnik imkoniyatlarga ega Oppo K15 Turbo modelini taqdim etishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda GSM Arena nashri ma’lum qildi.

Oppo K15 Turbo Pro modeli Dimensity 9500s tizim chipi bilan jihozlanadi. Ushbu platforma avval taqdim etilgan Dimensity 9500’ning soddalashtirilgan talqini bo‘lib, undan bir pog‘ona pastroq darajada joylashishi kutilmoqda. Avvalroq insayder Digital Chat Station smartfonga Snapdragon 8 Gen 5 o‘rnatilishi mumkinligini bildirgan edi, biroq keyinchalik Oppo platforma bo‘yicha qarorini o‘zgartirgani aytilmoqda.

Texnik xususiyatlarga ko‘ra, Oppo K15 Turbo Pro 6,78 dyuymli, 1,5K aniqlikdagi OLED displey bilan ta’minlanadi. Asosiy kamera 50 megapikselli bo‘ladi. Akkumulyator katta sig‘imga ega ekani aytilmoqda, ammo uning aniq ko‘rsatkichlari hozircha ochiqlanmagan.

Shuningdek, ushbu model faol sovitish tizimi bilan jihozlanadi. Oppo ushbu texnologiyani kelajakda yanada arzonroq smartfonlarda ham qo‘llashni rejalashtirayotgani qayd etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oppo Pad Air 5 plansheti arzon narxda taqdim etilgan edi.