Gadjetlar

Samsung Galaxy A07 5G katta akkumulyator bilan taqdim etiladi

Bu esa smartfonni uzoqroq muddat ishlashini ta’minlaydi
Samsung Galaxy A07 5G katta akkumulyator bilan taqdim etiladi / Foto: Texnoblog

Samsung kompaniyasi yaqinda Galaxy A07 5G smartfonini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda GSM Arena ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yangi model 6000 mAh sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. Bu Galaxy A07 4G modelidagi 5000 mAh sig‘imli akkumulyatordan sezilarli darajada katta bo‘lib, ko‘plab Samsung smartfonlaridagi standart sig‘imdan yuqori hisoblanadi.

Ilgari Samsung 6000 va hatto 7000 mAh sig‘imli akkumulyatorlarga ega modellari bilan yetakchi bo‘lgan. So‘nggi yillarda esa sig‘im biroz kamaytirilgan edi. Shu bois yangi 6000 mAh sig‘imli akkumulyator foydalanuvchilar xursand qilmoqda.

Texnik xususiyatlar nuqtai nazaridan Galaxy A07 5G Dimensity 6300 tizim chipi (SoC) va kamida 4 GB RAM bilan ta’minlanadi. Ushbu parametrlar smartfonning kundalik vazifalarni qulay bajarishi va barqaror ishlashini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy A smartfonlari qimmatlashishi haqida xabar qilgan edik.