Saudiya Arabistoni elchisi O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlamoqda

eʼlon qilindi
Saudiya Arabistoni Podshohligining elchisi Yusuf Al-Utaybiy
Saudiya Arabistoni elchisi O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlamoqda
Saudiya Arabistoni elchisi O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlamoqda / Foto: Baxtiyor Saidov Telegram kanali

Saudiya Arabistoni Podshohligining elchisi Yusuf Al-Utaybiy O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlamoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, vazirlikda elchi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

«Siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo va investitsiya hamkorligini kengaytirish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildik», — deydi vazir.

Uchrashuv yakunida Saidov elchiga O‘zbekistondagidagi faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Nepaldagi birinchi elchisi Sardor Rustamboyev mamlakat prezidenti Ramchandra Paudelga ishonch yorliqlarini topshirgandi.

Shuningdek