Yangiliklar

«Tashabbusli budjet»da g‘olib bo‘lish uchun minimal ovozlar soni 50 taga oshirildi

Avval 10 ta edi
Oltinko‘l tumanida ovoz berish bosqichi 29-avgustdan boshlanadi
«Tashabbusli budjet»da g‘olib bo‘lish uchun minimal ovozlar soni 50 taga oshirildi / Foto: Kursiv Uzbekistan

Oliy Majlisi Senati «Tashabbusli budjet» jarayonlariga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, endilikda loyihalar g‘olib deb topilishi uchun minimal ovoz soni 50 taga yetishi kerak (avval 10 ta edi), jihozlash loyihalari uchun esa eng yuqori qiymat bazaviy hisoblash miqdorining 2 ming barobariga belgilandi (avval 4 ming barobar edi).

Tanaffus amaliyoti quyidagi holatlarga qo‘llanilmaydi: mahalla soni 15 va undan kam bo‘lgan tuman/shaharlar, «TOP – 100» ro‘yxatiga kirgan eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalar, shuningdek, loyiha sheriklik asosida amalga oshirilgan mahallalarga. Shu bilan birga, cheklangan imkoniyatga ega mahallalarga sheriklik asosida loyihalarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Ovoz berish bosqichi yakunlangach, o‘n kun davomida qo‘shimcha g‘olib loyihalarni aniqlash bo‘yicha 5-bosqich o‘tkaziladi. Qo‘shimcha g‘olib loyihalar xalq deputatlari tuman/shahar Kengashlari tomonidan tuman budjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan ajratish yoki Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan loyihalar orasidan tanlash orqali aniqlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilgi budjetda qaysi sohalarga eng ko‘p pul ajratilishi haqida yozgan edik.