Yangiliklar

Xitoyda dunyodagi eng uzun tezkor avtomobil tunneli ishga tushirildi

Tyanshan Shenli avtomobil tunneli
avtomobil tunneli
Foto: Xinhua News

Xitoyning shimoli-g‘arbida joylashgan Shinjon hududida uzunligi 22 kilometrdan oshadigan Tyanshan Shenli avtomobil tunneli rasman foydalanishga topshirildi. Bu haqda Sinxua nashri xabar berdi.

Uga ko‘ra, tunnel hozircha dunyodagi eng uzun tezkor avtotransport yo‘lagi hisoblanadi.

Yangi tunnel Tyanshan tog‘ tizmasi orqali harakatlanishni keskin osonlashtirdi. Avval tog‘li hududdan o‘tish bir necha soat vaqt olgan bo‘lsa, endilikda bu masofani atigi 20 daqiqada bosib o‘tish mumkin.

Foto: Xinhua News

Inshoot Urumchi–Yuli yo‘nalishidagi G0711 tezkor avtomagistralida joylashgan bo‘lib, umumiy uzunligi 324 kilometrdan ortiq bo‘lgan ushbu yo‘l Shinjonning shimoliy va janubiy aglomeratsiyalarini bog‘laydi. Tunnel qurilishi besh yil davom etgan, loyiha qiymati esa 46,7 milliard yuan yoki qariyb $6,6 milliardni tashkil etgan.

Tyanshan Shenli tunneli maksimal 1,1 kilometr chuqurlikkacha tushadi, 16 ta geologik yoriqdan o‘tadi va seysmik faol hamda iqlimi o‘ta keskin hududda barpo etilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangi zelandiyalik erkak eng uzun ism egasi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kirgani haqida yozgandi.