Yangi yil munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi

eʼlon qilindi
3-yanvargacha dam olish kuni bo‘ladi
Yangi yil munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi / Foto: Kursiv Media

Yangi yil bayrami munosabati bilan O‘zbekistonda bir necha kunlik dam olish kunlari belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 31-dekabr chorshanba kuni qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi. 1-yanvar payshanba kuni Yangi yil bayrami sifatida nishonlanadi. 2-yanvar juma kuni ham qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

SanaKunIzoh
31-dekabrChorshanbaQo‘shimcha dam olish kuni
1-yanvarPayshanbaYangi yil bayrami
2-yanvarJumaQo‘shimcha dam olish kuni
3-yanvarShanba5 kunlik ish haftasida odatiy dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida qo‘shimcha dam olish kuni

3-yanvar shanba kuni esa ish haftasi tartibiga qarab farqlanadi: besh kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlar uchun bu odatiy dam olish kuni bo‘lsa, olti kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2026-yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan edi.

Shuningdek