Yaponiya 2026-yil uchun rekord miqdordagi byudjetni tasdiqladi

Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaiti yetakchiligida keyingi moliyaviy yil uchun rekord darajadagi byudjetni tasdiqladi — 122,3 trln yen ($784,6 mlrd).
Shu bilan birga, $182,9 mlrd dan $189,4 mlrd gacha yangi davlat obligatsiyalarini chiqarish biroz oshadi. Budjetning qarzga bo‘lgan bog‘liqligi esa 24,2 foizga tushadi. Bu 1998-yildan buyon eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Soliq tushumlari 7,6 foizga oshib, rekord darajaga — 83,7 trln yen ($536 mlrd) ga yetadi. Bu daromad ijtimoiy nafaqalar va mudofaa xarajatlarini moliyalashtirishga ishlatiladi, ammo qarz xizmatiga ketadigan ortib borayotgan xarajatlarni to‘liq qoplamaydi. Qarz xarajatlari esa 10,8 foizga oshadi. Bu so‘nggi 29 yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, Yaponiya Bankining juda yumshoq pul siyosatidan chiqishi bilan bog‘liq.
Takaitiga ko‘ra, byudjetni uzoq muddatli rejalashtirish usuli o‘zgartiriladi. Endi yillik asosiy xarajatlarni har yili balanslashdan voz kechib, bir nechta yillik maqsadlar belgilash orqali mablag‘larni yanada moslashuvchan va samarali sarflashni ta’minlamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya dunyodagi eng yirik yadro elektr stansiyasini qayta ishga tushirishi haqida yozgan edik.