28-dekabr kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Ertaga, 28-dekabr kuni, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan, biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–5° iliq, kunduzi 10–12° iliq. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7° sovuq, kunduzi 3–8° iliq.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7° iliq, kunduzi 10–15° iliq.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5° iliq, kunduzi 8–13° iliq.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8° iliq, kunduzi 12–17° iliq.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida esa havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5° iliq, kunduzi 5–10° iliq.
Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10° sovuq, kunduzi 2–7° iliq.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dam olish kunlari faqat ba’zi joylarda qor yog‘ishi haqida yozgandi.