Sport

Karate va taekvondo bo‘yicha jahon chempionlari BYD prezident sovg‘alari bilan taqdirlandi

Gulshan Alimardonova va Najmiddin Qosimxo‘jayev
Foto: O‘zA

Toshkent shahridagi Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida karate va taekvondo yo‘nalishida yuksak natijalarga erishgan sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.

Marosimda karate WKF bo‘yicha jahon chempioni Gulshan Alimardonova hamda taekvondo WT bo‘yicha jahon chempioni Najmiddin Qosimxo‘jayev Prezident sovg‘asi sifatida BYD avtomashinasi va $15 ming bilan mukofotlandi.

Shuningdek, yuqori sport natijalari va xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlari uchun Abdul Vahob Rashidov, Svetlana Osipova, Sulaymon Yusupov, Jahongir Xudoyberdiyev, Zaynobiddin Nazaraliyev, Pavel Xan hamda Abdujabbor Botirovlarga ham pul mukofotlari topshirildi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston V para Osiyo o‘yinlarida 197 ta medal bilan 1-o‘rinni egallagani haqida yozgandi.