
2026-yil avtomobil bozori uchun burilish davri bo‘lishi kutilmoqda. Speedme’ga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar amaliy va turli ehtiyojlarga mos yechimlarni taklif qila boshlaydi.

Bir tomonda 1300 ot kuchidan ortiq quvvatga ega bo‘lishi aytilayotgan elektr Mercedes-AMG GT EV, boshqa tomonda esa yangi V8 dvigatelli AMG GT Track Sport paydo bo‘ladi. Porsche ham ichki yonuv dvigatelidan voz kechmay, yangi 718 va soddaroq dizayndagi 911 Turbo ustida ishlamoqda.

Superkarlar segmentida ham katta yangiliklar bo‘lishi mumkin. Huracan’ning vorisi 2026-yil boshida global bozorlarga chiqadi. Bugatti W16 dvigateli bilan xayrlashib, V16 gibrid Tourbillon modeliga o‘tadi. Chevrolet esa gibrid tizimli Corvette ZR1X ustida ishlamoqda, u 0 dan 96 km/soatgacha 2 soniyadan tezroq tezlanishi mumkin.

Ommabop modellarda Volkswagen arzonroq elektr ID.Polo’ni tayyorlamoqda. Narxi $29,4 ming yevrodan past bo‘lishi kutilmoqda va GTI versiyasi ham bo‘ladi. Smart esa yana shahar uchun mo‘ljallangan ixcham model #2 bilan qaytadi.

Pikap va yo‘ltanlamaslar ham e’tibordan chetda qolmaydi. Ram afsonaviy TRX modelini qayta tiklamoqchi, GM esa yangi Silverado va Sierra hamda kuchli V8 dvigatellarni tayyorlayapti. Jeep esa Gladiator 392 ni ko‘rib chiqmoqda.

Premium segmentda elektr SUVlar o‘rtasida raqobat kuchayadi. Porsche Cayenne Turbo Electric, Bentley Urban, Ferrari Elettrica, shuningdek Genesis GV90, BMW iX3 Neue Klasse, Kia Telluride va Subaru Outback Wilderness kabi modellar kutilmoqda.
Umuman olganda, 2026-yilda bozor elektr yoki benzin degan qat’iy tanlovdan voz kechadi. Eng muvaffaqiyatli brendlar xaridorga turli dvigatel variantlari va real foyda taklif qila olgan kompaniyalar bo‘ladi. Avtomobil bozori uchun yangi muvozanat aynan shu yilda shakllanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq afsonaviy avtomobillar: eng ishonchli BMW modellari e’lon qilingandi.