
30-dekabr soat 09:00 dan boshlab, respublika hududidagi barcha «metan zapravkalar» 24 soatlik ish rejimida faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Shuni hisobga olgan holda, avtotransport vositalari egalari yonilg‘ini ertadan boshlab kun davomida, shu jumladan, tungi soatlarda ham, o‘zlariga qulay vaqtda va navbatlarsiz to‘ldirishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qish mavsumida avtomobil yonilg‘isini qanday tejash mumkinligi haqida yozgan edik.