Yangiliklar

30-dekabr kuni havo harorati 18 darajagacha ko‘tariladi

30-dekabr soat 20:00 gacha amal qiladi
30-dekabr kuni havo harorati 18 darajagacha ko‘tariladi / Foto: Sun’iy intellekt

30-dekabr kuni O‘zbekistonda ob-havo asosan o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Kechasi +0…+12°, kunduzi +3…+18° atrofida harorat kuzatiladi, deya prognoz qilmoqda «O‘zgidromet» agentligi.

Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:

HududKechasiKunduziIzoh
Toshkent shahri+7–+9°+11–+13°Havo o‘zgaruvchan, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Qoraqalpog‘iston Res., Xorazm viloyati-2–+3°+3–+8°Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir yogadi, tuman tushishi mumkin
Buxoro va Navoiy viloyatlari+5–+10°+10–+15°Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir yogadi
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari+5–+10°+10–+15°Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari+7–+12°+13–+18°Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari0–+5°+7–+12°Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushadi
Respublikaning tog‘li hududlari0–+5°+3–+8°Havo o‘zgaruvchan, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin, ba’zi joylarda tuman tushadi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi yil munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam olishi haqida xabar bergan edik.