
28-dekabr kuni AQShning New Jersey shtatida ikki vertolyot havoda to‘qnashib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohatlandi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.
Federal Aviatsiya ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, Enstrom F-28A va Enstrom 280C vertolyotlari soat 11:25 atrofida Hammonton shahar aeroporti yaqinida to‘qnashgan. To‘qnashuv vaqtida vertolyotlarda faqat uchuvchilar bo‘lgan.
Vertolyotlar Hammonton atrofidagi maydonga qulab tushgan. Ikkala jabrlanuvchi kasalxonaga yetkazilgan. Biroq jabrlanuvchilardan biri tez yordam mashinasiga olinayotganda yurak to‘xtashi xavfi ostida bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Hammonton shaharchasi Atlantik okrugida, Filadelfiyadan taxminan 56 km (35 milya) masofada joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kilimanjaro tog‘ida vertolyot halokati oqibatida besh kishi halok bo‘lgan edi.