Belarus prezidentini xokkeyda yiqitishdi — video

29-dekabr 2025 13:54 eʼlon qilindi

Asadbek Komilov

Asadbek Komilov

Foto: president.gov.by

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko xokkey o‘yini paytida yiqilib tushdi va oqibatda jarohat oldi. Bu haqda Baza xabar berdi.

Davlat rahbari Minskdagi «Olimpik-Arena»da bo‘lib o‘tgan xokkey o‘yiniga borgan. Lukashenko jamoasining Brest viloyati jamoasiga qarshi o‘yinida jarohat oldi. Prezidentni «Salavat» va «Dinamo Minsk»ning sobiq hujumchisi Yaroslav Chupris yiqitgan.

Shundan so‘ng Chupris darhol tayoqchasini tashlab, davlat rahbariga yordam berishga yugurgan.

Video: Baza Sport

Lukashenkoning orqa mushaklarida cho‘zilish aniqlangan. Ammo u o‘zini yaxshi his qilayotganini bildirgan. Xabarlarga ko‘ra, o‘yin 5:5 hisobida yakunlangan. Hal qiluvchi shaybani Belarus prezidentining o‘g‘li Nikolay Lukashenko kiritgan.

71 yoshli Aleksandr Lukashenko xokkeyni havaskorlar darajasida o‘ynaydi. 2021-yilning dekabr oyida u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bir jamoada o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. Lukashenko va Putinning jamoasi 18:7 hisobida g‘alaba qozongan. Putin yetti shayba urib kiritgan, Lukashenko – ikkita, uning o‘g‘li Nikolay esa to‘rtta shayba kiritgan. 2022-yilning aprel oyida havaskorlar o‘rtasidagi respublika musobaqasi vaqtida Lukashenkoning yuziga xokkey tayog‘i tegib ketgan. Shu yil bahorida esa uning jamoasi Respublika xokkey ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Avvalroq «Kursiv» Belarus AQSh prezidenti Donald Trampning murojaatidan so‘ng 52 nafar turli millatdagi mahbusni ozod qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek