Avto

BYD Dolphin 2026-yilda Janubiy Koreya bozoriga kirib boradi

Narxi $14 ming atrofida
BYD Dolphin 2026-yilda Janubiy Koreya bozoriga kirib boradi / Foto: BYD

BYD Dolphin elektr hetchbek modeli 2026-yilning birinchi yarmida Janubiy Koreya bozoriga chiqariladi. Bu haqda Carnewchina ma’lum qildi.

Boshlang‘ich narx taxminan 20 mln Janubiy Koreya voni (qariyb $14 ming) bo‘lib, Xitoydagi narxga mos keladi. Bozorga chiqqach, Dolphin Hyundai Casper EV va Kia Ray EV bilan raqobatlashadi. Xitoyda avtomobil to‘rt turdagi jihozlarda taklif etilib, narxlari 99 800 dan 129 800 yuanga ($14,1 ming – $18,5 ming) teng.

Dolphin old g‘ildirak haydovchi tizimi va 44,9 hamda 60,4 kVt·soat BYD Blade batareyalariga ega bo‘lib, CLTC bo‘yicha 420 va 520 km masofaga boradi. Avtomobil o‘lchamlari 4290 x 1770 x 1570 mm, g‘ildirak bazasi 2700 mm.

BYD Dolphin global miqyosda bir mlnta sotilgan avtomobil chegarasiga yetib, BYD Song Plus va Seagull’dan keyingi Ocean seriyasining uchinchi modeli bo‘lgan. Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya bozorida BYD Atto 3 (Xitoyda Yuan Plus), Seal sedani va o‘rta o‘lchamli SUV Seal 7 modellari sotilib kelinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi BYD Seal 07 EV taqdim etilgani haqida xabar bergan edik.