Changan Deepal S05 Yevropa bozoriga yetkazib berila boshlandi

29-dekabr 2025 15:05 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Changan

Changan kompaniyasi Changan Deepal S05 nomli ixcham elektromobilini Yevropaga eksport qilishni boshladi. Bu model brendning xalqaro bozorga chiqishidagi navbatdagi muhim qadam hisoblanadi.

Ma’lum qilinishicha, Yevropaga yuborilgan ilk partiya 500 ta avtomobildan iborat. Ular Tailandning Rayong shahridagi zavodda ishlab chiqarilgan. Mazkur korxona Changan’ning xorijdagi ilk elektromobil ishlab chiqarish bazasi bo‘ldi. Zavod qurilishiga qariyb $270 mln sarflangan. Dastlabki bosqichda yillik ishlab chiqarish quvvati 100 ming donani tashkil etadi. Kelajakda bu ko‘rsatkich ikki baravar oshirilishi rejalashtirilgan.

Deepal S05 Deepal liniyasidagi beshinchi model hisoblanadi. Avtomobil BEV va EREV talqinlarida taqdim etiladi. Krossoverning o‘lchamlari 4 620×1 900×1 600 mm. G‘ildiraklar bazasi 2 880 mm. Aerodinamik qarshilik koeffitsiyenti 0,25 Cd darajasida.

Yevropa bozori uchun model bitta yoki ikkita elektromotor bilan taklif etiladi. Batareya turi LFP bo‘lib, sig‘imi 68,82 kVt·soatni tashkil etadi. WLTP sikliga ko‘ra yurish masofasi 485 yoki 445 km.

Bir motorli versiya 200 kVt quvvatga ega. U 100 km/soatga 7,5 soniyada tezlashadi. Ikki motorli variant 320 kVt quvvat ishlab chiqaradi va 0–100 km/soat tezlanishi 5,5 soniyani tashkil etadi. Barcha versiyalar tezkor quvvatlash tizimi bilan jihozlangan. Akkumulyator 30 foizdan 80 foizgacha atigi 15 daqiqada quvvatlanadi.

Yevropa bozorida Deepal S05 narxlari 38 990 yevrodan boshlanib, 44 990 yevrogacha yetadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Deepal Auto kompaniyasi 945 mln dollar sarmoya jalb qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek