Banklar va moliya

Fond bozori: «Qashqadaryo texnologik transport» aksiyalari katta o‘sishga erishdi

19-dekabrdan 26-dekabrgacha bo‘lgan davrda
Aksiyalar
«Qashqadaryo texnologik transport» aksiyalari qimmatlashdi / Foto: MTrading

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 19-dekabrdan 26-dekabrgacha bo‘lgan davrda ijobiy dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 2,4 foizga oshdi.

Ushbu davr mobaynida «Qashqadaryo texnologik transport» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 14,81 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «O‘zmetkombinat» (+7,04%) va «O‘zbekneftgaz» (+5,52%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

O‘z navbatida, «O‘zRTXB» aksiyalari 12,68 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari,«Garant bank» (-7,62%) va «O‘zbekgeofizika» (-4,96%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «O‘zsanoatqurilishbank» va «Uzbekinvest» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Yuqori likvidli aksiyalardan 14 tasi haftani ijobiy, ikkitasi o‘zgarishsiz, 13 tasi salbiy natija bilan yakunladi.

Bundan oldingi haftada «Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)da UCI fond indeksi 1,04 foizga tushgani haqida xabar berilgandi.

Ushbu davr mobaynida «O‘zRTXB» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 21,37 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Kvarts» (+16,40%) va «Qashqadaryo texnologik transport» (+15,72%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.