Avto

Leapmotor D19 avtomobili taqdim etildi

Avtomobilning savdosi va ilk yetkazib berilishi 2026-yil aprel oyiga rejalashtirilgan
Foto: Leapmotor

Leapmotor kompaniyasi Leapmotor D19 avtomobili qachon sotuvga chiqishini rasman tasdiqladi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Avtomobilning savdosi va ilk yetkazib berilishi 2026-yil aprel oyiga rejalashtirilgan. Yangi model oilaviy krossover sifatida taqdim etiladi. Salon 6 va 7 o‘rinli variantlarda bo‘ladi. Kompaniya yuqori darajadagi qulaylik va premium jihozlarga alohida urg‘u bermoqda.

Foto: Leapmotor

Leapmotor D19 salonida ikkita Qualcomm Snapdragon 8797 chipiga asoslangan kuchli hisoblash tizimi bo‘ladi. Avtomobil havo tozalashning «o‘rmon kislorodi» tizimi bilan jihozlanadi.

Kompaniya 1-noyabr kuni oldindan buyurtmalarni qabul qilishni boshlagan. Xaridorlar 1000 yuan evaziga ($142) navbatdan joy, maxsus tadbirlarga kirish va D19’ning kolleksion modeli bilan ta’minlangan.

Foto: Leapmotor

Gibrid versiyaning asosiy afzalligi – batareya. Avtomobil CATL ishlab chiqargan 80,3 kVt/soatli tortuvchi batareya bilan jihozlanadi. To‘liq elektr yurish masofasi 500 kmni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich ko‘plab elektromobillardan ham yuqori.

To‘liq uzatmali ikki dvigatelli tizim 60 kg yengillashtirilgan. Bu avtomobilning umumiy samaradorligini 5 foizga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Leapmotor Lafa 5 Ultra avtomobili qachon chiqishi haqida yozgan edi.