
Markaziy bank tomonidan mikromoliya tashkilotlari faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritish masalasiga oid navbatdagi qarorlar qabul qilindi. Bu haqda regulyatorning Telegram sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, Markaziy bank boshqaruvining 156, 157 va 158-sonli qarorlariga muvofiq, «Adl moliya MMT», «Prizma kapital» hamda «AVO Finance» mas’uliyati cheklangan jamiyatlari mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston banklarining sof foydasi 57 foizga ko‘paygani haqida xabar bergan edik.