Meksikada poyezd relsdan chiqishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Yana besh kishi og‘ir ahvolda
Meksikada poyezd relsdan chiqishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi / Foto: Getty Images

28-dekabr kuni Meksikaning Oaxaca shtatida Interoceanic poyezdi relsdan chiqib ketdi. Oqibatda kamida 13 kishi halok bo‘ldi va 98 kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda Reuters.

Unga ko‘ra, poyezdda jami 250 kishi, jumladan, 9 ekipaj a’zosi va 241 yo‘lovchi bo¯‘lgan. Jabrlanganlardan 36 kishi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, 139 nafar yo‘lovchi xavfsizligi ta’minlangan.

Prezident Klaudiya Sheinbaum jarohatlanganlardan besh kishining og‘ir ahvolda ekanini ma’lum qildi. Oaxaca gubernatori Salomon Jara Kruz halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya bildirib, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishni muvofiqlashtirayotganini qayd etdi.

Foto: Reuters

Ma’lumot uchun, Interoceanic poyezdi 2023-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, Interoceanic Koridor loyihasining bir qismi hisoblanadi. Loyihaning maqsadi Tehuantepek bo‘g‘ozidagi temir yo‘l aloqasini modernizatsiya qilish va Tinch okeani porti Salina Cruzni Gulf Coastdagi Coatzacoalcos porti bilan bog‘lashdan iborat edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning New Jersey shtatida ikki vertolyot havoda to‘qnashib ketgan edi.

Shuningdek