OnePlus yangi Turbo 6 va Turbo 6V smartfonlarining taqdimot sanasini ma’lum qildi

29-dekabr 2025 16:50 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Beebom Gadgets

OnePlus kompaniyasi o‘zining yangi smartfonlar seriyasi Turbo 6 va Turbo 6V modellarining anons sanasini e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, OnePlus Turbo 6 to‘rt xil xotira konfiguratsiyasida (12/256, 12/512, 16/256 va 16/512 GB) hamda uch xil rangda (qora, oq va yashil) sotuvga chiqariladi. Turbo 6V modeli esa uch xil konfiguratsiyaga (8/256, 12/256, 12/512 GB) ega bo‘lib, deyarli bir xil ranglarda (yashil o‘rniga moviy rang) taqdim etiladi.

Qurilmalarning boshqa texnik xususiyatlari hozircha faqat mish-mishlar darajasida ma’lum. Kutilishicha, OnePlus Turbo 6 modeli 6,78 dyuymli ekran (165 Gs) va Snapdragon 8s Gen 4 chipi bilan, Turbo 6V esa 6,8 dyuymli matritsa (144 Gs) va Snapdragon 7s Gen 4 protsessori bilan jihozlanadi. Har ikki modelning akkumulyator sig‘imi 9000 mAch ni tashkil etishi taxmin qilinmoqda.

Shuningdek, insayderlar yangi mahsulotlar IP68+IP69 standarti bo‘yicha chang va suvdan himoyalangan bo‘lishini ta’kidlashmoqda. OnePlus Turbo 6 va Turbo 6V taqdimoti 2026-yil 8-yanvarga rejalashtirilgan, biroq smartfonlarning narxlari hozircha noma’lum.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan OnePlus Turbo smartfonining suratlari va xususiyatlari oshkor bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek