Yangiliklar

O‘zbekistonda jida eksporti bir yilda 69 foizga oshirildi

Bu o‘tgan yilga nisbatan 68,8 foizga ko‘p
джида
Foto: PiBig Info

O‘zbekistonda 2025-yilning 11 oyida jida eksporti keskin oshirildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, chetga 5,4 ming tonna jida yetkazib berildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 68,8 foizga ko‘p.

Eksportning pul ifodasi $9,1 mlnni tashkil etdi. Asosiy xaridor sifatida Turkiya yetakchilik qildi va bu mamlakatga 2,1 ming tonna jida eksport qilindi. Xitoy 957 tonna bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Qozog‘istonga yetkazib berish hajmi 852 tonnani tashkil etdi.

Yana bir yirik bozor Rossiya bo‘ldi. Bu mamlakat 508 tonna jida import qildi. Ozarbayjonga esa 396 tonna mahsulot yetkazildi.

Jida shirin va biroz taxir ta’mga ega meva hisoblanadi. Meva Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. O‘zbekistonda jida nafaqat ichki bozor, balki eksport uchun ham muhim mahsulot sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 70 trln so‘mdan oshgani haqida yozgan edi.