O‘zbekistonliklar Yangi yil oldidan firibgarlar faollashayotganidan ogohlantirildi

eʼlon qilindi
Kiberxavfsizlik markazi bir nechta tavsiyalar berdi
Xitoylik xakerlar Tayvanning yirik chip kompaniyalariga hujum qildi
Foto: Unite

Ichki ishlar vazirligining Kiberxavfsizlik markazi aholiga firibgarlar bayram oldidan faollashayotgani bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.

Markazga ko‘ra, firibgarlar Yangi yil sovg‘asi ko‘rinishida turli zararli havolalarni yaratib, Telegram orqali tarqatadi. Uni kimdir ochgan zahoti uning shaxsiy ma’lumotlari va plastik kartasidagi pullar o‘zlashtiriladi.

«Hozirda firibgarlarning asosiy quroli texnik hiyla-nayranglar emas, balki ijtimoiy muhandislik, ya’ni inson hissiyotlari bilan manipulyatsiya qilishdir. Hamkasb, qarindosh yoki do‘stlardan tabrik olishni kutish odamning hushyorligini pasaytiradi», – deyilgan markaz xabarida.

Ta’kidlanishicha, zamonaviy firibgarlik usullari juda murakkablashgan. Endilikda gap faqat gap endi oddiy «Apk.» «exe» kabi fayllar haqida emas. Bugun hamma messenjer yoki ijtimoiy tarmoq orqali interaktiv tabrikka o‘xshatilgan fishing saytga olib boradigan havolani olishi mumkin. Yoki go‘yoki «yuklanmayapti» deb ko‘rsatiladigan chiroyli GIF-fayl yuborilib, uni ko‘rish uchun yangilash (obnovleniya) taklif etiladi. Yana bir ommaviy ssenariy – «yetkazib berish xizmati» nomidan yuborilgan xat bo‘lib, unda «Yangi yil sovg‘asini»ni olish uchun ilova – «yuk xati»ni yuklab olib ochish talab qilinadi.

Kiberxavfsizlik markazi bunday usullar insonning qiziquvchanligi va bayram kayfiyatiga qo‘shilish istagiga ta’sir qilishini bildirib, bayram tabriklari almashinuvi avjida firibgarlar qurboniga aylanmaslik uchun oddiy, ammo samarali qoidalarga amal qilishni tavsiya etdi.

Birinchidan, har doim manbaga e’tibor bering. Bu insonni tanisizmi? Undan havola yoki fayl yuborilishini kutganmidingiz? Agar yo‘q bo‘lsa, eng to‘g‘ri yo‘l – ilovani ochmaslik.

Ikkinchidan, fayl formatiga qarang. Hatto rasm yoki video sifatida niqoblangan fayllar ham xavfli bo‘lishi mumkin. Media uchun xavfsiz formatlar: .jpg, .png, .gif, .mp4, .webm. .exe, .scr, .bat, .msi formatlari, shuningdek, ichida zararli dasturlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan .zip va .rar arxivlaridan ehtiyot bo‘lish lozim.

Uchinchidan, havolalar uchun «yetti marta tekshir» qoidasi amal qiladi. Agar qisqa yoki shubhali havola orqali o‘tish taklif etilsa, uni bosmaslik yaxshiroq.

Bundan tashqari, firibgarlar oziq-ovqat mahsulotlari, yangi yil archasi, o‘yinchoqlar hamda boshqa turli buyumlarni arzon narxlarda sotilishi to‘g‘risidagi e’lonlarni joylab, uni xarid qilish istagini bildirgan fuqarolarga pullarni oldindan to‘lab berishlarini aytishi mumkin.

«Mahsulot pulini oldindan to‘lagan zahotingiz ular akkauntlarni o‘chirib yuborib, sizni blokka qo‘yib, g‘oyib bo‘lishadi. Internetda xaridlarni amalga oshirayotganingizda hech qachon pulni oldindan to‘lab bermang!», – ta’kidlaydi markaz.

Avvalroq «Kursiv» Yangi yil bayrami munosabati bilan O‘zbekistonda bir necha kunlik dam olish kunlari belgilangani haqida yozgandi.

Shuningdek