
Istiqbolli loyihalar milliy agentligining (ILMA) tegishli qaroriga muvofiq, Semurg Insurance aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan 24,5 mln so‘m miqdorida jarima sanksiyasi qo‘llandi.
Ma’lum bo‘lishicha, jarima «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonun hamda «Sug‘urtalovchilarga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida»gi nizom ilovasining 1-bo‘lim, 1-pozitsiyasi asosida belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, kompaniya joriy yilning oktabr oyida ham faoliyatida qonunbuzilish holatlari aniqlangani ortidan 31,5 mln so‘m miqdorida jarimaga tortilgandi.
Ta’kidlanishicha, ILMA tomonidan sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra, qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlarga rioya qilmaslik faktlari aniqlanib, buning natijasida 4 ta tashkilotga 156,5 million so‘m miqdorida jarima solindi.