Yangiliklar

Surinamda pichoqlash: to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Gumonlanuvchi ruhiy muammolarga ega bo‘lgan
Foto: Pexels

Surinam poytaxti Paramaribo chekkasida sodir bo‘lgan hujum oqibatida to‘qqiz kishi, jumladan, besh nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, BBC ma’lum qildi.

Hodisa shanba kuni kechqurun poytaxtdan chiqish yo‘lida joylashgan uyda yuz bergan. Yana bir nafar kattalar va bir bola og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Huquq-tartibot xodimlari chaqiruvga kelganida gumonlanuvchini qo‘lga olishga uringan. Qarshilik vaqtida u oyog‘idan yaralangan. Erkak shifoxonaga yetkazilgan va hozir politsiya nazorati ostida.

Foto: Geety images

Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi ruhiy muammolarga ega bo‘lgan. Prezident Jennifer Geerlings-Simons qurbonlar orasida gumonlanuvchining oila a’zolari va qo‘shnilari borligini aytdi.

Politsiya hodisa tafsilotlari keyinroq ma’lum qilinishini bildirdi. Surinam pichoqlash jinoyatlari darajasi past bo‘lgan davlatlar qatoriga kiradi. Shu bois bunday hodisa kam uchraydi.

Mamlakat 1975-yilda Niderlandiyadan mustaqillikka erishgan. Shundan so‘ng bir necha harbiy to‘ntarishlar va fuqarolik urushini boshdan kechirgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Tramp Vashingtonda o‘lim jazosi ijrosini buyurgani haqida yozgan edi.