Avto

Zeekr 001 egalari uchun hayodovchisiz boshqaruv tizimi yangilandi

Loyiha 2025-yil 24-dekabr kuni yakunlandi
Zeekr 001 egalari uchun hayodovchisiz boshqarish tizimi yangilandi
Foto: Zeekr

Zeekr Auto Xitoyda Zeekr 001 egalari uchun haydovchisiz boshqaruv tizimi yangiladi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda. Loyiha 2025-yil 24-dekabr kuni yakunlandi.

Kampaniya doirasida 2024-yilgi, lidar bilan jihozlangan avtomobil egalari autopilotning apparat va dasturiy qismini o‘z hisobidan yangilashi taklif etildi. Maqsad eskirgan tizimlarni eng so‘nggi versiyaga almashtirish edi.

Yangilashning to‘liq narxi 33,5 ming yuan ($,6 ming) bo‘ldi. Kompaniya darhol muhandislik ishlarini boshlashini bildirdi. Aniq muddatlar regulyator ruxsatlaridan keyin e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, Zeekr 001 elektromobilida qo‘llanilgan autopilot tizimi haydash jarayonini xavfsiz va qulay qilish uchun mo‘ljallangan. Ushbu tizim avtomobilni mustaqil boshqaradigan sun’iy haydovchi emas, balki haydovchiga yordam beruvchi zamonaviy elektron yordamchi hisoblanadi.

Autopilot atrof-muhitni doimiy kuzatib boradi. Bunda kameralar, radarlar va lidar sensorlaridan foydalaniladi. Ushbu qurilmalar yo‘l chiziqlari, yo‘l belgilarini, oldingi avtomobillarni, piyodalarni va to‘siqlarni aniqlaydi. Tizim yig‘ilgan ma’lumotni tezkor qayta ishlaydi va mashinaning harakatini mos ravishda boshqaradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Zeekr 9S gibrid avtomobili 2026-yilda sotuvga chiqishi haqida yozgan edi.