Sport

Entoni Joshua Nigeriyada avtohalokatga uchradi — video

Bokschining ikki jamoadoshi halok bo‘ldi
Foto: Sky News

Boks bo‘yicha super og‘ir vazn yetakchilaridan biri Entoni Joshua Nigeriyada avtohalokatga uchradi. Bu haqda BBC xabar berdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/12/savevid_net_aqo7v8gbkxvscplg3yfxh4ya24fubw5ujn6zp1_bouhmaqqfjmi.mp4

Sportchi ichida bo‘lgan qora Lexus avtomobili tezlikni oshirib, quvib o‘tish vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga urilgan. Matchroom Boxing bayonotiga ko‘ra, Joshua ayni damda kasalxonada barqaror ahvolda bo‘lib, shifokorlar nazorati ostida qolmoqda. Halok bo‘lgan Sina Gami Joshuaning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi, Latif Ayodele esa shaxsiy murabbiyi bo‘lgan.

Foto: BBC

Nigeriya prezidenti Bola Ahmed Tinubu bokschi bilan shaxsan gaplashib, hamdardlik bildirgan va tezroq sog‘ayib ketishini tilagan. Joshua yaqinda, 19-dekabr kuni amerikalik bloger-bokschi Jeyk Pol ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng Nigeriyada ta’tilda edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jeyk Pol sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga qarshi jang qilishi haqida xabar bergan edi.