Yangiliklar

Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisi pora bilan qo‘lga olindi

Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi
Samarqandda Agroinspeksiya xodimi pora sabab qamoqqa olindi
Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisi pora ustida qo‘lga olindi / Foto: Facebook

Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisining pora bilan bog‘liq noqonuniy harakati fosh etildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida faoliyati to‘xtatilgan mineral o‘g‘itlar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadigan ishlab chiqarish kooperativida sud boshqaruvchisi yordamchisining noqonuniy harakati aniqlanib, tergovga jalb qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sud boshqaruvchisi yordamchisi mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MChJning ushbu IChKdagi 1,5 mlrd so‘m miqdoridagi haqidan 300 mln so‘mini undirish evaziga $4 ming talab qilgan.

DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 48 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda $40 ming pora talab qilgan mansabdor qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.