
Gazning «tagi yo‘qligi» uchun tezak yoqish kerakligini aytgan Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Anvar Normamatov lavozimidan ozod etildi va uning o‘rniga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Hokimlikka ko‘ra, Normamatov boshqa ishga o‘tgan. Tumanga yangi hokim sifatida Xoliqov Farrux Omonovich tanishtirilgan.

Ma’lumot uchun, Farrux Xoliqov 1985-yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. U 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2016-yilda Bosh prokuratura oliy o‘quv kursini huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Avvalroq «Kursiv» Sirdaryo viloyatining Boyovut tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergandi.