«JCH – 2026» chiptalariga talab rekord darajaga yetdi

30-dekabr 2025 14:23 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: AP News

FIFA prezidenti Janni Infantino «JCh – 2026» o‘yinlariga chiptalar uchun rekord miqdorda ariza tushganini ma’lum qildi. Bu haqda tashkilot saytida ma’lum qilindi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oldindan savdoning dastlabki 15 kunida dunyo bo‘ylab 150 mlndan ortiq so‘rov ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu kuniga o‘rtacha 10 mln atrofida ariza kelib tushganini anglatadi. Eng katta qiziqish AQSh, Germaniya va Buyuk Britaniya muxlislari tomonidan bildirildi.

Jahon chempionati 2026 FIFA World Cup 2026 uch davlatda o‘tkaziladi. Musobaqaga AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladi. Amaldagi jahon chempioni esa Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri FIFA o‘yinlarida litsenziya huquqi Netflix’ga berilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek