Sport

Nodirbek Abdusattorov FIDE jahon chempionati finaliga chiqdi

Finalda u Magnus Karlsen bilan bahslashadi
Nodirbek Abdusattorov FIDE jahon chempionati finaliga chiqdi / Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 2025-yilgi FIDE jahon chempionatining Blits bahsi finaliga yo‘l oldi. Bu haqda Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Abdusattorov 1/2 finalning uchinchi uchrashuvida hindistonlik Arjun Ergaisini 2,5:0,5 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Final uchrashuvi Nodirbek Abdusattorov va norvegiyalik shaxmat ustasi Magnus Karlsen o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadigan beshta partiyadan iborat finalda eng kuchli ikki shaxmatchi g‘oliblik uchun bellashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nodirbek Abdusattorov London Chess Classic turnirida chempion bo‘lgan edi.