Nvidia Intel aksiyalarini 5 milliard dollarga sotib oldi

eʼlon qilindi
214,7 mlndan ortiq aksiyalarini xususiy joylashtirdi
Nvidia Intel’ga $5 milliardlik sarmoya kiritdi
Nvidia Intel aksiyalarini besh milliard dollarga sotib oldi / Foto: Mobile World Live

Amerikaning yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Nvidia Intel aksiyalarini $5 mlrdga sotib olgani haqida hisobot berdi. Ushbu tranzaksiya sentabr oyida e’lon qilingan bitim asosida amalga oshirildi, deya ma’lum qilmoqda Reuters.

Nvidia sentabr oyida Intel oddiy aksiyalari uchun har birini $23,28 dan sotib olishini ma’lum qilgan edi. Mutaxassislar fikricha, bu bitim chip ishlab chiqaruvchisi uchun moliyaviy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi, chunki so‘nggi yillarda qilingan xatolar va kapital talab etadigan ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish kompaniyaning moliyaviy holatiga bosim yaratgan.

Hisobotga ko‘ra, Nvidia shartnomada belgilangan narx bo‘yicha 214,7 mlndan ortiq Intel aksiyalarini xususiy joylashtirish orqali sotib olgan. AQSh antimonopoliya idoralari Nvidia’ning Intelga sarmoyasini ma’qulladi. Bozorda Nvidia aksiyalari oldi-sotdi boshlanishidan oldin 1,3% ga tushgan, Intel aksiyalari esa deyarli o‘zgarmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nvidia haydovchisiz avtomobillar uchun inson miyasiga teng sun’iy intellekt yaratgan edi.

Shuningdek