Yangiliklar

O‘zbekistonda ta’lim xizmatlariga 34,2 trln so‘m sarflandi

Ko‘rsatkich bir yil ichida 8,8 foizga oshdi
O‘zbekistonda ta’limga sarf 11 oyda 34,2 trln so‘mga yetdi
Foto: Jason W / Unsplash

2025-yil yanvar – noyabr oylarida O‘zbekistonda ta’lim xizmatlariga 34,2 trln so‘m sarflandi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda. Ko‘rsatkich bir yil ichida 8,8 foizga oshdi.

Hisobotga ko‘ra, eng katta xarajatlar Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi. Poytaxtda ta’lim xizmatlari hajmi 16,6 trln so‘mni tashkil etdi.

Viloyatlar orasida Samarqand va Farg‘ona yetakchi bo‘ldi. U yerda mos ravishda 2,5 trln va 2,2 trln so‘m sarflangan.

Eng past ko‘rsatkichlar Sirdaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlarida qayd etildi. Sirdaryoda ta’lim xarajatlari 343,7 mlrd so‘m bo‘ldi. Navoiyda 438,5 mlrd so‘m, Jizzaxda 532,3 mlrd so‘m qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» O‘zbekiston gaz importini kamaytirib, eksportni oshirgani haqida yozgan edi.