Yangiliklar

O‘zbekistonning oltita viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

2025-yil 31-dekabrdan 2026-yil 5-yanvargacha
O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi / Foto: depositphotos

2025-yil 31-dekabrdan 2026-yil 5-yanvargacha kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sabab respublikaning bir qator hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

Xususan,

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek, tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, 30-dekabr kuni havo harorati 18 darajagacha ko‘tarilishi ma’lum qilingandi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ob-havo asosan o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin.