
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) milliy terma jamoalar bilan ishlaydigan dunyoning eng yaxshi murabbiylari reytingini e’lon qildi.
Reytingda O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze 8-o‘rinni egallab, jahonning eng kuchli mutaxassislari o‘ntaligiga kirdi. Murabbiy IFFHS ekspertlari tomonidan 10 ballga loyiq ko‘rilgan. Ushbu ko‘rsatkich bilan u Kolumbiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Nestor Lorenso bilan birgalikda reytingning 8-pog‘onasidan joy oldi.

Reytingning birinchi pog‘onasini Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente band etdi. Ispaniyalik mutaxassis joriy yilda o‘z jamoasi bilan Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan edi. Kapadze esa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini tarixda ilk bor Olimpiada o‘yinlariga olib chiqqani va Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekisan Timur Kapadze «Navbahor» bosh murabbiyiga aylangani haqida xabar bergan edi.